Sun’iy intellekt mavzusida trening-mahorat darsi tashkil etildi.

02.03.2026 yilda 2-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi Professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan Olmazor tumanidagi 219-umumta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad 11-«A» sinf o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt mavzusida trening-mahorat darsi tashkil etish bo’ldi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga sun’iy intellektning asosiy tushunchalari, uning zamonaviy hayotdagi o‘rni va amaliy qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Trening interaktiv tarzda o‘tkazilib, o‘quvchilar faol ishtirok etdilar, savol-javoblar va amaliy misollar orqali bilimlarini mustahkamlashdi. Ushbu mahorat darsi o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish va kelajak texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.

 

Previous Article
Next Article

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.