“Tibbiyot xodimlarida korrupsiyaga qarshi madaniyat va huquqiy ongni shakllantirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

       2026-yil 3-aprel kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Tibbiyot xodimlarida korrupsiyaga qarshi madaniyat va huquqiy ongni shakllantirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, kardiologiya yo‘nalishi magistratura talabalari hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida tibbiyot sohasida korrupsiyaning oldini olish, kasbiy etika va halollik tamoyillariga rioya qilish, shifokorlarning jamiyat oldidagi mas’uliyati hamda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

     Tadbirga Yunusobod tumani katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Dehqanov Karimjon Tadjibayevich taklif etildi. Mutaxassis tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqbuzarliklarning oldini olish choralari, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning muhim burchi ekanligi, tibbiyot xodimlari esa o‘z faoliyatida halollik, adolat, kasbiy mas’uliyat va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilishlari zarurligi alohida ta’kidlandi. Uchrashuv savol-javoblar va fikr almashish ruhida o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.